loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVOIY SHAHAR HOKIMI INSTITUTDA

  Joriy yilning 30-yanvar kuni Navoiy shahar hokimi D.Ergashov Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘ldi. Hokim bilan uchrashuv jarayonida institut rektori B.Sobirov 2023-yilda erishilgan yutuqlar, jumladan o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va sport, ilmiy sohalarda qo‘lga kiritilga natijalar haqida ma’lumot berib, 2024-yildagi ustuvor rejalar xususida to‘xtaldi.

Shuningdek, Navoiy shahar hokimligi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash hamda hokim va talabalar uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi. Navoiy shahar hokimi D.Ergashev  Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan muloqot oʻtkazdi.

   

Samimiy kechgan jarayonda hokim respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni Navoiy viloyati, xususan, Navoiy shahri misolida gapirib berdi. Shu bilan birga talabalar bilan jonli va ochiq muloqot oʻtkazdi. Ularning takliflarini tinglash asnosida talabalarga hokim tomonidan oʻquv-adabiy kitoblar olib berilishi vaʼda qilindi. Shuningdek, hokim Inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati bilan ham tanishdi.