Erasmus+ KA 171 ICM loyihasida ishtirok etish, bu ta’lim tashkilotlarning salohiyatini, jozibadorligini va xalqaro ko‘lamini oshiradi.
Shuningdek, bu loyiha oliy ta’lim muassasalarining xalqarolashtirish strategiyasiga muvofiq, Yevropa va boshqa davlatlarda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar mobillik loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashadi. Erasmus+ KA 171 ICM loyihasi ishtirokchilarga asosiy bilim va ko’nikmalarini, kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash va madaniyatlararo hamkorlikni boyitishga yordam beradi.
Loyihaning asosiy maqsadlari:
• Oliy ta’limda mukammallikni targ’ib qilish;
• Mehnat bozori integratsiyasi uchun ko’nikmalarni kuchaytirish (tashabbuskorlik ruhi, raqamli va lingvistik ko’nikmalar);
• Yangi texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish;
• Ijtimoiy tenglikni rag’batlantirish;
• Pedagogik va kasbiy salohiyat darajasini oshirish.