Navoiy davlat universiteti hamda Malaysiyaning Perlis universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Universitetlar o‘rtasida qo‘shma biznes inkubator markazi tashkillashtirish, sun’iy intellekt va logistika yo‘nalishlarida o‘quv dasturlarini hamkorlikda modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, talabalar hamda professor o‘qituvchilar almashinuvi ham yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, universitetlar o‘rtasida “Scopus” ilmiy bazasiga indekslanadigan “Joint journal” qo‘shma jurnal chop etiladigan bo‘ldi.
Malayziyaning Perlis universiteti (University Malaysia Perlis-UniMAP) 2001-yil 25-iyulda tashkil topgan bo’lib, 10 662 nafar talabalar tahsil oladi. Ularning 531 nafarini xorijiy talabalar tashkil etadi. 14 ta fakultet samarali faoliyat yuritmoqda. Universitet 2023-yilda QS agentligining Top 1000ta universitetlari ro’yxatida 801-o’rinni egallagan va eng yaxshi Osiyo universitetlari orasida 301-350-o’rinda turadi. Ushbu oliygoh axborot texnologiyalari va elektron injineriya sohasiga ixtisoslashtirilgan bo’lib, eng zamonaviy (Clean room laboratories) labaratoriyalarga ega.