loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat universiteti akademik liseyida navbatdan tashqari pedagogik kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 31-oktabrdagi PQ-378-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat universiteti akademik liseyida navbatdan tashqari pedagogik kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori — akademik litsey direktori T.Choriyev olib bordi.

Yig‘ilishda Navoiy davlat universiteti rektorining 2024-yil 24-dekabrdagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 4-noyabrdagi 413-sonli buyrug‘i ilovasining 24.1-bandi ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 424-AFO sonli buyrug‘iga asosan Universitet huzuridagi akademik lisey faoliyatini o‘rganib chiqish bo‘yicha natijalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 31-oktabrdagi PQ-378-son qarori bilan tasdiqlangan “2024 – 2027-yillarda Navoiy davlat universitetini kompleks rivojlantirish dastur”ining 4-bandida:
– universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini takomillashtirish;
– tajribali mutaxassislar va pedagoglardan iborat ishchi guruh tuzish;
– akademik litsey faoliyatini o‘rganib chiqib, takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Bunda: – ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;
– dasturiy mahsulotlar, o‘quv adabiyotlarini nashr etish;
– umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini akademik litseyga saralab olish, litseyning iqtidorli o‘quvchilarini Universitetga maqsadli yo‘naltirish vazifalari qo‘yilgan.
Pedagogik kengash yig‘ilishda ushbu masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazilib, tegishli taklif va tavsiyalar hamda qaror qabul qilindi.