Davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘shaloq diplomlariga ega bo‘lmoqchimisiz?
Biz sizga shunday imkoniyatni taqdim etamiz!
Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Polotsk davlat universiteti (Belarus Respublikasi) o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabuli boshlanganligini ma’lum qilamiz!
Abituriyentlar “Rus tili va adabiyoti” bakalavr taʼlim yoʻnalishiga hamda “Rus tili va adabiyoti” magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirishlari mumkin.
Siz “2+2” dasturi bo‘yicha dastlabki 2 yilni Navoiy davlat pedagogika institutida, qolgan 2 yilni esa Polotsk davlat univeristetida davom ettirasiz. Shuningdek, magistraturada ham 1-yilni Navoiy davlat pedagogika institutida, 2-yilni Polotsk davlat universitetida davom ettirasiz. Shu bilan birga, qo‘shma ta’lim dasturi talabalari O‘zbekiston diplomiga, ham Belarus diplomiga ega bo‘lishadi.
Kirish imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qaroriga muvofiq ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqichda – kirish imtihonlari institut tomonidan xorijiy hamkor universitet bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul tartibiga muvofiq o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqichda – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovi rus tili va adabiyoti fanidan o‘tkaziladi.
Hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-oktyabriga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha savollarga quyidagi telefon raqamlar orqali javob olishingiz mumkin:
👉+998934352855;
👉+998500549229;
👉+998906188046;
👉+998907303600
telegram:👉@Orif_Dilshodovich
📍Manzil: Navoiy shahri Ibn Sino ko‘chasi 45-uy.