Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyrug’i asosida kelgan ishchi guruh a’zolari: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish markazi bo’lim boshlig’i, ishchi guruh rahbari Tajiev Mamarajeb va Guliston davlat universiteti o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Xudoyberdiev Ikrom Akramovich institutda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosini ta’minlash hamda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida oliy ta’lim muassasalariga yetkazib berilgan o’quv laboratoriyalardan o’quv jarayonida samarali foydalanish holati bo’yicha tahlil qilishmoqda.