Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyida umumtaʼlim maktablarining isteʼdodli oʻquvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va oʻqishni oliy taʼlim muassasalarida davom ettirishga chuqur tayyorlash maqsadida viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Ushbu tadbirga 1000 nafarga yaqin viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirda litsey ijrochi direktori F.Maxammatqulov hamda litsey OʻIBDOʻ X.Eraliyev soʻzga chiqib, ushbu dargohda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda taʼlim-tarbiya jarayoni bilan tanishtirishdi. Tadbir soʻngida oʻquvchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha sinov testlarini topshirishdi.