Konimex tumanida 2022-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Konimex tuman hokimligining boshqaruv xodimlari uchun seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar treningni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali bosh inspektori A.Latipov, NavDPI instituti dosenti M.Raxmatov hamda NavDPI katta o‘qituvchisi B.Shukurovlar tashkil qildilar.
Unda Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali bosh inspektori A.Latipov, NavDPI instituti dosenti M.Raxmatov hamda NavDPI katta o‘qituvchisi B.Shukurov hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.