loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navbatdan tashqari kengash oʻtkazildi

 Navoiy davlat pedagogika institutida navbatdan tashqari kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kengashni institut rektori, professor Muxiddin Kalonov olib bordi. Kun tartibida 1 ta asosiy masala va bir nechta turli masalalar koʻrildi. Asosiy masalada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga 2024/2025 oʻquv yili uchun Axmedova Sarvinoz Alimardon qizining nomzodi tavsiya etish masalasi ko‘rilib, kengash aʼzolari tomonidan tasdiqlandi.

Shuningdek, turli masalalarning birinchi bu — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik. Bu bo‘yicha masʼullarga fakultetlar va yotoqxonalarning isitish tizimini qayta koʻrib chiqish topshirigʻi berildi.
Keyingi masala – ijara masalasi. Fakultet dekani, kafedra mudiri ijara asosida turadigan talabalarning yashash sharoitlarini oʻrganishi qayd etildi. Shu bilan birga, 27-oktyabrda boʻlib oʻtadigan saylovda faol qatnashish, bunda institut hududidagi 3 ta uchastka saylov komissiyalar faoliyatini koʻzdan kechirib, sharoitlari qanaqa? borib oʻrganish kerakligi aytildi.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatda ham qilinajak ishlar haqida soʻz bordi. Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, umuman ilm-fan bilan shugʻullanadiganlar xalqaro scopus hamda veb of science ilmiy jurnallarda maqolalar chiqarish kerakligi, doktorantlarning faoliyati tahlil qilinishi, dissertatsiya ishi tayyor boʻlmagan tadqiqotchilar va ularning ilmiy rahbarlariga chora koʻrilishi aytib oʻtildi.
Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika institutiga biriktirilgan 24 ta qizil toifadagi maktablar bilan ham tizimli ishlar davom ettiriladi. Mutasaddi rahbarlarga viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan ushbu maktablar haqida tahliliy maʼlumot tayyorlash topshirildi.