Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov prorektorlar, boʻlim boshliqlari hamda fakultet dekanlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.
Asosiy masala — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida oʻtkazilgan videoselektorlarda berilgan topshiriqlar, selektorda koʻrilgan masalalar institut jamoasiga yetkazildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borish, uni oldini olish, talabalar indeksini shakllantirish: bu boʻyicha tarkibiy tuzilma yaratish, institut reytingini oshirish va boshqa qator masalalar jamoaga yetkazildi.
Shuningdek, turli masalalarda Axborot-resurs markazini qayta isloh qilish, biriktirilgan umumtaʼlim maktablarida “Spin-off” tizimini tashkil qilish, maktab va oliy taʼlim integratsiyasini rivojlantirish, obodonlashtirish hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi, tegishli topshiriqlar belgilandi. Masʼullarning hisoboti va takliflari eshitildi.