Navbahor tumanida 2022 yil 21 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Navbahor tumani hokimligining boshqaruv xodimlari uchun seminar trening boʼlib oʼtdi.
Seminar treningni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali rahbari Z.Sultonov va bosh inspektori А.Latipov, NavDPI instituti dotsenti M.Raxmatovlar tomonidan tashkil qildilar.
Unda Navbahor tumani hokimi Oʼroqov Аzamat Shodievich, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali rahbari Z.Sultonov, NavDPI instituti dotsenti M.Raxmatov va NavDPI katta oʼqituvchisi B.Shukurovlar tuman hokimining oʼrinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.