Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Nasiba Tursunova Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Oqila ayollar” harakati tashkil etilganligining ikki yilligi munosabati bilan “Oqila ayollar — jamiyat tayanchi” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni viloyat hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin- qizlar boshqarmasi boshligʻi M.Mamadiyarova ochib berdi.
Viloyatdagi “Oqila ayollar” ning 10 nafar yetakchi faollari Oila va Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyevaning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ham tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Viloyat hokimi oʻrinbosari M.Mamadiyarova tomonidan NDPI jamoasining oqila xotin-qizlari alohida ijobiy etirof etildi.
Bu jamoaning ahilligi va samarali mehnatining natijasi. Tadbirda jamoamiz faol Xotin-qizlaridan G.Norova, D.Abduraimova, R.Rizayevalar ham ishtirok etishdi va munosib taqdirlandilar.