Navoiy davlat pedagogika institutida 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Yuqori kayfiyat ila tashkil etilgan bayram va konsert dasturida dastlab institut rektori B. Sobirov soʻzga chiqib, bayram munosabati bilan yig’ilganlarni qutladi. Shundan soʻng oʻzining mehnatsevarligi, fan-taʼlim rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga, tyutorlarga va ishchi xodimlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari ulashildi.
San’atshunoslik fakulteti jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bayram kayfiyatini taqdim etib, tadbirga fayz bagʻishladi, barchani raqslarga chorladi.