loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Nafosat malikalariga ehtirom

 Eng goʻzal oyning eng nafis bayrami – xotin-qizlarga ehtirom koʻrsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlib, yuqori maqom darajasiga koʻtarilmoqda. Jamiyatning madaniyat darajasi, maʼnaviy barkamolligi ayollarga boʻlgan munosabat bilan belgilanadi.

 

Donolar aytganidek, dunyoda ayol mehrining bahosini oʻlchaydigan meʼzon, tenglashtiradigan boylik yoʻq. Bu ayol degan ulugʻ xilqatda nozik taʼb, buyuk qalb, nazokatli koʻngil, betakror fidoiylik, ona jasorati mujassamligi natijasidir. Mana shunday fazilatlar egasi boʻlgan har biringizga bayram muborak boʻlsin, Muhtarama ayollar, aziz opa-singillar!

 

Navoiy davlat pedagogika institutida mehnat qilib kelayotgan professor-oʻqituvchi xotin-qizlarga, ishchi-xodimlar va talabalarga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tantanali bayram tadbiri va konsert dasturi tashkil etildi.

Yuqori kayfiyat ila tashkil etilgan bayram dasturida institut rektori B. Sobirov soʻzga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, bunda qizlar va ayollar jamiyat rivojiga munosib hissa qoʻshayotganliklari faxr bilan tilga olindi. Keyingi paytlarda institut olima ayollari, professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan katta yutuq va natijalarga erishayotgani haqida misollar keltirildi.

Shundan soʻng oʻzining mehnatsevarligi, fan-taʼlim rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan hamda institut rahbariyati tomonidan tashkil etilayotgan turli sport musobaqalarida faol ishtirok etgan bir guruh xotin-qizlarga sovgʻalar ulashildi.

  

Sanʼatshunoslik fakultetining professor-oʻqituvchi va talabalari tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar, kuy-qoʻshiq va raqslar, modalar koʻrgazmasi yigʻilganlarga bayram kayfiyatini ulashib, tadbirga fayz bagʻishladi, barchani goʻzal raqslarga chorladi.

Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi Baxriddin Toshmamatov, institut Matbuot xizmati rahbari Kamol Xolov.