O‘bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 54-sonli qarorini ijrosini ta‘minlash maqsadida Matematika-informatika fakulteti tyutorlari, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.G’.Yusupov hamda fakultetning qiziquvchan yoshlari Farhod madaniyat markaziga qarashli muzeyga tashrif buyurishdi. Ochiq chehra bilan barchani kutib olgan muzey nazoratchisi D. Zubayeva muzey haqida to’liq ma’lumot berdi va yaqindan tanishtirdi.
Talaba yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan bu kabi chora-tadbirlar zamirida tarixni o’rganish, vatandoshlar mehnatini qadrlash, ulardagi ibratni hayotida qo’llagan holda mustaqil hayot yo’lida o’z o’rnini topishga ko’maklashish masalasi turibdi. Zero, bu singari harakatlar talabalarga ma’naviy ozuqa bilan birga boy madaniy merosimizni qadrlash hissini uyg’otishga yordam berishiga ishonamiz.