Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov prorektorlar, boʻlim boshliqlari va fakultet dekanlari bilan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda atrof muhit tozaligi, obodonlashtish, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, korrupsiya, nepotizm kabi salbiy illatlarni oldini olish borasida tanlovlar oʻtkazish, fakultetlarda hamda talabalar turar joylarida 5 tashabbus olimpiadalarini doimiy oʻtkazib borish, spotchi va yoshlar uchrashuvlarini tashkil qilish, Axborot-resurs markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va boshqa shu kabi boshqa faoliyatlarni jadallashtirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, joriy yilning 4-9-noyabr kunlari Navoiy viloyatida qoʻl toʻpi sport turi boʻyicha Universiada oʻyinlari oʻtkaziladi. Mazkur turnirni yuqori saviyada tashkil etish va bunga masʼullarga aniq vazifalar taqsimlandi.