Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev, prorektorlar, boʻlim va boshqarma boshliqlari, dekanlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi asosida ishlarning olib borilganligi, yaʼni taʼlim muassasada talabalarni ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini taʼminlash, talabalar turar joylarini barpo etish va jihozlash, talabalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, institutda Co-working, Karyera va bandlik markazlarining tashkil qilinganligi va faoliyati, talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.