loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Modalar namoyishi yillik hisobot ko’rgazmasi

  Bugungi kunda muhim yo’nalishlardan biri hisoblangan ayollar liboslariga, zamonaviy moda yo’nalishlariga milliy qadriyatlarimizni singdirish, yoshlarda to’g’ri didni shakllantirish, vijdon va e’tiqod erkinligiga qat’iy amal qilgan holda “o’zbek milliy modasi”ni yaratish soha mutaxassislari va dizaynerlarning bilim va mahoratiga bog’liq ekanligi alohida qayd etilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika instituti, San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasining hisobot yillik ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

     

Navoiy viloyat madaniyat boshqarmasi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Yoshlar — Yangi O’zbekiston bunyodkorlari» shiori ostidagi talabalar haftaligi doirasida «Modalar namoyishi va arxitektura maketlar» yillik hisobot ko’rgazmali chiqishlari tashkil etildi.

Unda San’atshunoslik fakultetining talabalari va dizaynerlar milliy va zamonaviy moda liboslarini o’yg’unlashtirib barchaga yorqin taassurot qoldirishdi.