“Mobil metodik guruh” Navbahor tumanidagi 13-umumta’lim maktabi pedagoglarini bilimini aniqlash va yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha o‘rganish olib bordi. Ushbu metodik guruh Navoiy davlat pedagogika institutining etakchi professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan bo‘lib, guruh a’zolariga biriktirilgan umumta’lim maktablari o‘rganilmoqda. Guruh a’zolari yaqinda Navbahor tumanidagi 13-maktabda bo‘ldi.
Mazkur metodik guruh tarkibi NavDPI ilmiy kengashining 2022-yil 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ushbu qarorga ko‘ra, Mobil metodik guruhi tarkibi ona tili va adabiyot, biologiya, geografiya, kimyo, matematika, fizika, tarix, informatika, ingliz tili fanlaridan bo‘lishi belgilangan.
Metodik guruhning asosiy funksiyalaridan biri — maktablarga o‘quv metodik, o‘quv-uslubiy yordam berishni ta’minlash hamda pedagog va o‘quvchilarni bilimini yaxshilash, sifatli ta’limni ta’minlash, innovasion texnologiyalardan unumli foydalangan holda dars mashg’ulotlarini olib borishni tushuntirishdan iborat. Shundan kelib chiqib, guruh a’zolari Navbahor tumanidagi maktablarda darslarning borishi, o‘quvchilarning qay darajada bilim olishlari bilan tanishdi. Uchrashuv doirasida o‘quvchilar bilan dildan suhbatlashildi. Ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda ishlarni tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.