Navoiy viloyatida o’rganishlarni boshlagan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o’rinbosari Bahodir Mamatxonov boshchiligidagi ishchi guruh, kecha viloyat Ma’naviyat markazida mahalliy Kengash deputatlari, partiyaning faol xotin-qizlari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Navoiy davlat pedagogika instituti Chet tillar va Fizika va texnologik ta’lim fakultetlarining professor-o’qituvchi va talabalari hamda magistrantlari ham ishtirok etdi.
Tadbirda partiyaning 2020-2024 yillarga mo’ljallangan Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, uchrashuv yakunida partiyaning yangi a’zolariga guvohnomalar topshirildi. Ular orasida institut talabalari ham bor.