Mehr-muruvvat, saxovat va birodarlik insonning ziynatidir. Xalqimizda muhtojlarga, jismoniy zaiflikka ega boʻlganlarga mehr ulashish, ularga koʻmak berish va eʼtibor qaratish kabi olijanob fazilatlar bolalikdan tarbiyalanadi va bora-bora shakllantiriladi.
Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti 1-kurs talabalari tomonidan koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan maktab-internati”da tashkil etib kelinadigan xayriya tadbirlarining navbatdagisi tashkil etildi. Tadbir koʻtarinki kayfiyatda davom ettirilib, turli raqslar, qiziqarli viktorinalar va kuy qoʻshiqlar hamda ajoyib shou dasturlar bilan yakunlandi. Bu kabi xayrli tadbirlar doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.