3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan “Mehr ulashib” loyihasi doirasida fakultetda tahsil olayotgan chin yetim hamda nogironligi boʻlgan talabalar holidan xabar olindi.
Talabalar bilan uchrashuvlar chogʻida oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning shartnoma toʻlovlari toʻlab berilayotganligi, oʻtgan oʻquv yilidan boshlab esa qonunchilikda belgilangan tartibda ular oliy oʻquv yurtlariga grant asosida qabul qilinayotganligi yurtimizda kuchli va manzilli ijtimoiy himoya tizimi yoʻlga qoʻyilganligidan dalolat ekanligi taʼkidlandi.