Navoiy davlat pedagogika institutida Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi hamda fakultetlar hamkorligida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbirda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda uning tuzilmasidagi bo‘limlar, madaniyat boshqarmasi, sport boshqarmasi, shuningdek, boshqa hamkor tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Bitiruvchi kurs talabalari ixtisosliklari bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishib, taʼlim tashkilotlariga ishlash istagini bildirishdi, xususan, 27 nafar bitiruvchi ishga joylashish bo‘yicha tashkilotlar bilan shartnoma imzoladi.
Institutni 27 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha 4250 nafar talaba tamomlamoqda. Shundan 759 nafari davlat granti va 3491 nafari toʻlov-shartnoma asosidagi bitiruvchilarni tashkil etadi. Bugungi kunda 403 nafar bitiruchilar ham oʻqib, ham rasmiy ish bilan ta’minlangan.