loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MBT fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

1-dekabr — Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazida Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti tomonidan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan — ona tilim!” nomli ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani G. Shamsidinova so‘zga chiqib, bayram tadbirini ochib berdi hamda yig’ilganlarni ushbu kun — Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari, shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari A. Muqimov ishtirok etdi.
Jarayonda qoraqalpoq xalqining milliy urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Bir so‘z bilan aytganda tadbir ko‘tarinki ruhda olib borildi.