loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Masʼullar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov boshchiligida bugun, 21-noyabr kuni prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirinining tegishli buyrug’iga ko‘ra universitet o‘quv ishlari boʻyicha prorektorligi lavozimiga tayinlangan Choriyev Tavakkal Ravshanovich jamoaga tanishtirildi. Shuningdek, universitet rektorining buyrug’i bilan Raximov Asliddin Abdugʻaniyevich Qurilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Yig’ilishda o‘quv-uslubiy, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-taqdiqot hamda moliya-iqtisod sohalarida berilgan topshiriqlar ijrosi, bu borada amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Universitetda yoshlar ishlari faoliyati va maʼnaviy-maʼrifiy soha boʻyicha berilgan topshiriqlarning ijrosi o‘rganildi. Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan yoshlar holidan xabar olish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha topshiriqlar baʼzi kafedralar tomonidan bajarilmaganligi, turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, badiiy kechalar tashkil etilmaganligi tanqid qilindi. “Yil talabasi-2024” tanlovi universitet bosqichida 77 nafar talaba ishtirok etishi zarur boʻlsada, fakultet dekanlari, oʻrinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan targʻibot ishlarining toʻgʻri tashkil etilmaganligi, shuning natijasida tanlovda bor yoʻgʻi 35 nafar talaba ishtirok etayotgani aytildi. Fakultet dekanlari va dekan oʻribosarlari tomonidan Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarsiz darajada ekanligi ko‘rsatildi. Haftaning payshanba kuni taʼlim muassasasida “Xavfsiz talaba” loyihasini oʻtkazish belgilangan. Biroq, bu bo‘yicha ishlar tashkil etilmagan, oʻtkazilgan tadbirlar ommaviy axborot vositalarida yoritilmagan. Shulardan kelib chiqib, fakultet mas’ullariga “Ota-onalar” forumini oʻtkazish, “Dekan va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etish topshirigʻi berildi. Toʻgaraklar faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi. Universitet yoshlar yetakchisiga talabalar turar joylarida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida toʻgaraklar va tadbirlar muntazam oʻtkazib borish topshirildi.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya boʻyicha olib borilgayotgan ishlar tahlili qilindi. Bugungi kunda universitetda 27 ta kafedra mavjud boʻlib, shundan 17 ta kafedra turli tashkilotlar bilan ilmiy-ijodiy ishlarini rivojlantirish, hamkorlikda faoliyat olib borish maqsadida 37 ta xoʻjalik shartnomalari tuzilgan. Ammo qolgan kafedralarda bu borada ishlar hali boshlanmaganligi tanqid qilindi.
“Agar korxona va tashkilotlar bilan integratsiya boʻlmasa, kafedraning ilmiy salohiyati pasayib ketishi mumkin. Reytinga kirishimiz uchun xoʻjalik shartnomalari tuzishimiz kerak”. Dekanlar, kafedra mudirlari ilmiy loyiha va tanlovlarga tashabbuskorlik bilan mavzularni shakillantirish, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor D.Narzikulova, boʻlim boshligʻi Sh.Sultonovlarga ilmiy tadqiqot va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish uchun seminar-treninglar tashkil etish topshirildi.

Shuningdek, moliya-iqtisod sohasida mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari haqida soʻz bordi. Bu boʻyicha ham masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.