Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etilgan uchrashuvda Navoiy shahridagi MFY raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda oliy taʼlim muassasalarining talabа yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev joriy yil 27-oktabrda boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining oʻziga xos xususiyatlari, xususan, ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga aralash saylov tizimi asosida boʻlib oʻtadigan saylovning afzalliklari, saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, saylov jarayonlarida oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan ishtirok etuvchi kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari, saylov tizimida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar yuzasidan soʻz yuritdi.