Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir o’tkazildi.
Ushbu tadbirni institut birinchi prorektori Xurshid Qurbonov ochib, bayram munosabati bilan yig’ilganlarni muborakbod etdi. Tadbir davomida Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun bir guruh fidoiy kasb egalari institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Shundan song tadbir badiiy chiqishlarga ulanib, San’atshunoslik hamda Tibbiyot fakultetlari jamolarining kuy-qo’shiq va raqslari bilan davom etdi.