loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MAQSADNI ANIQ QO’YISH VA NATIJA

   Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda o‘ynaladigan sport o‘yini bo‘lib, birinchi Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan. XX asrning 20 yillaridan ko‘p mamlakatlarga tarqalgan. Ko‘pchilik sport turlari qatori stol tennisi ham inson salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazishini alohida aytishimiz joiz. Ushbu sport turi birinchi navbatda ko‘z ravshanligini oshiradi, mantiqan fikrlash, xotira va diqqatni charxlaydi, bo‘g‘imlarning harakatchanligi yaxshilanib, kuch, tezlik, chidamlilik va qobiliyatni tarbiyalaydi. Bundan tashqari, yuqori yelka kamari, oyoq-qo‘llar mushaklari faoliyatini oshiradi. NavDPIda “Talabalar ligasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Fizika-texnologiya” fakultetining tennischi qizlari ushbu musobaqalarda faxrli II-o‘rinni egallashdi. “Sport o’yinlaridagi irodaviy sifatlar qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, sabr-bardosh, o’z kuchiga ishonch, jasurlik va dadillik bo’lib, asosan o’quv-mashq jarayonining bevosita o’zida, muayyan sport turining turlicha talablarini bajarish vaqtida rivojlanadi. Tennischilar oldiga qo’ygan maqsadga erishishni ta’minlovchi eng muhim sifatlardan biri qat’iyatlilikdir. “Fizika-texnologiya” fakultetining tennischi qizlari maqsadni aniq qo’yishi va unga erishish istagi, mashq mashg’ulotlari va musobaqalardagi qiyinchiliklarni engib o’tishi bo‘yicha alohida ajralib turishdi hamda o‘z maqsadlariga erishishdi. Ushbu g‘alaba bilan fakultet jamoasini tabriklayman…”-dedi “Jismoniy madaniyat” fakulteti dekani, dots. A.Nurillayev.