Navoiy shahridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida O’zbekiston Qahramonlari, vatanimizning boshqa yuksak mukofotlariga loyiq koʻrilgan turli soha vakillari, ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtgan otaxon va onaxonlar, jamoatchilikning taniqli namoyandalari, yoshlar vakillari ishtirokida «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida «Uch avlod uchrashuvi» bo’lib o’tdi. Tadbirda so’z olgan yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz samimiy fikrlarini bildirdi.
«Mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilmoqda, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilmoqda, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarish, yoshlarga keng imkoniyat yaratib berish bugun eng ustuvor vazifaga aylandi» – deydi NavDPI dekan o’rinbosari Nodirbek Umarov o’z nutqida.
Tadbir so’nggida bir guruh nuroniylar va yoshlar olib borayotgan samarali faoliyati uchun Navoiy viloyat mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.