Mamlakatimizda ta’lim sohasida, xususan, maktablarimizni bugungi kun talablari asosida tashkil etishda tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalarining ham jalb etilayotgani bejiz emas. Ushbu hamkorlikning yana bir muhim jihati, endi erishayotgan yutuq yoki yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar uchun maktab ham, universitet ham birdek mas’ul. Bu, hamkorlik samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. NavDU “Fizika-texnologiya” fakultetida maktablar bilan hamkorlikni samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo‘shish ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Bugungi tashriflar Xatirchi tumanidagi 5, 31, 62, 64 va 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga uyushtirildi. Maktab o‘quvchilari universitetimizning “Fizika-astronomiya” va “Texnologik ta’lim” kafedralarining professor-o‘qituvchilari tomonidan, laboratoriyalarimiz va ta’lim yo‘nalishlarimiz bilan yaqindan tanishtirilib ularga ayrim fanlarga oid kitoblar sovg‘a qilindi.