Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri, f.f.d (DSc.) R.H.Davlatova 2024-yilning 26-iyunidan 4-iyulgacha Janubiy Koreyaning Puchon universitetida tashkil etilgan “Maktabgacha taʼlim eksperti” dasturi doirasida Koreya davlatining Maktabgacha talim tizimini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan stajirovkada boʻlib qaytdi.
Amaliyot davomida Puchon universiteti faoliyati bilan umumiy tanishuv, Inchxon Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish agentligiga tashrif, Koreya choy quyish marosimi, Maktabgacha taʼlim kafedrasi professori MinGaXening “Maktabgacha taʼlimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” mavzusida maxsus maʼruzasi, Chongsim MTT iga tashrif, ART va Odjukxon muzeyi, Seul shahar okrugiga qarashli boshlangʻich Davlat maktabiga tashrif, Kulinariya sanʼati va mehmonxona taomi fakulteti amaliy mashgʻulotlari; Maktabgacha taʼlim fakultetidagi tasviriy sanʼat, musiqa, ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash auditoriyalarining jihozlanishi va mashgʻulotlarining tashkil etilish jarayonlari bilan tanishildi va tajribalar almashindi.
Kelgusida Puchon universtiteti Maktabgacha taʼlim kafedrasi bilan oʻquv-uslubiy, ilmiy hamkorlik ishlari kelishib olindi. R.Davlatova Janubiy Koreyaning Puchon Universitetida tashkil etilgan 36 soatga moʻljallangan qisqa muddatli “Maktabgacha taʼlim eksperti” dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat olib qaytdi.