Navoiy davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilarining Qiziltepa tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi, pedagogik hamkorlikni rivojlantirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish va o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida amalga oshirildi.
Tashrif davomida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi N.K. Raximova, Z.F. To‘ychiyeva hamda E.T. Mo‘minovlar maktabning ingliz tili va boshqa fan o‘qituvchilari bilan o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalar orqali tashkil qilish, o‘quvchilarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashda amaliy ko‘mak berish haqida fikr almashildi va darslarni qanday qilib interaktiv va samarali o‘tkazish bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi. Shuningdek, Z.F.To‘ychiyeva maktabda tahsil olayotgan 11-sinf o‘quvchilariga “Travelling“ mavzusida mahorat darsini tashkil qilib, ularga mavzu doirasida kerakli bilimlarni zamonaviy texnologik vositalar orqali yetkazib berdi. Bundan tashqari o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida turli faoliyatlar tashkil etildi.
Shu bilan birga, kafedra o‘qituvchilari tomonidan fanlarni o‘qitishdagi yangi yondashuvlar, jumladan sun’iy intellekt resurslari, raqamli texnologiyalar va dasturlar haqida ma’lumot berildi hamda maktab o‘qituvchilariga kelajakda hamkorlikni davom ettirish va aloqalarni yanada rivojlantirish taklif etildi. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilarining Qiziltepa tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi. Tashrif davomida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.