Maʻlumki, bugungi kunda barcha rahbarlarga yoshlar siyosatida ustuvor vazifa sifatida hududlar kesimida, avvalo, ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlash uchun ketgan yoshlar bilan tizimli ishlash vazifasi alohida qayd etilgan.
2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-yanvardagi “2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovga Navbahor tumani “Sarbozor” MFYda istiqomat qiladigan 47 nafar 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar biriktirilgan. Ular bilan institut rektori boshchililigida masʼullar doimiy uchrashib, muammo va murojaatlariga ijobiy yechim koʻrsatib kelmoqda.
Joriy yilning 30-iyul sanasida Navbahor tumani “Sarbozor” MFYda binosida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda bir guruh yoshlarga tikuvchilik, sartaroshlik va payvandlash anjomlari institut tomonidan topshirildi.
Shuningdek, davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, ularning taʼlim olishi, yetuk shaxs sifatida kamol topishi uchun barcha imkoniyatlar borligi, shu bilan birga, aholi bandligini taʼminlash borasidagi tub islohotlar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Buning uchun ota-onalar tomonidan Davlatimiz rahbari va viloyat hokimligiga minnatdorchilik bildirildi.
Bugungi kunda Sarbozor mahallasida 2561 nafar fuqaro istiqomat qilib, shundan 1312 nafari 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni tashkil qiladi. Ushbu mahallaning 47 nafar ishsiz fuqarolari institut rektoriga biriktirilgan. 27-iyul sanasiga koʻra ushbu 47 nafar ishsiz fuqarolardan 33 nafari ishga joylashtirildi.