Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 1-iyul sanasidan Navoiy viloyatida mahalla raislari uchun boshlangan o‘quv seminarlari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘quv kurslarini namunali tugatgan Karmana, Navbahor, Nurota, Tomdi, Uchquduq tumanlari hamda Zarafshon shahar mahalla raislariga, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul xodimi M.Shukurov, Navoiy viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i SH.Nabiyev, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S.Istamovlar o‘quv kursi yakuni bo‘yicha sertifikat hamda estalik sovg‘alari topshirdilar.
Ma’lumot uchun; viloyatdagi 330 ta mahalla raislari ushbu o‘quv seminarlarga qatnashib, kelgusi faoliyatlarida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.