Kutubxona ziyo tarqatuvchi maskan. Shunday ekan u hech kimni befarq qoldirmasligi kerak. Kutubxonalar tarkibidagi o’quv zali zarur mebellar bilan ta’minlanishi, xonaning yorug’ va shinam bo’lishi ahamiyatli. Xuddi shunday maskanlardan biri NKMKga qarashli 3-sonli kutubxonada, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30-yilligi munosabati bilan NavDPI Fizika-texnologiya fakulteti dekanati va kutubxona xodimlari o’zgacha tadbir tashkil etildi. Yoshlar Konstitusiyamiz bo’yicha va talabalar ushbu maskanda o’qigan kitoblari bo’yicha tuzilgan 50 ta savollarga o’tkazilgan «ZAKOVAT» intelektual o’yinida javob berishdi. Qiziqarli va juda ko’tarinki kayfiyatda tashkil etilgan bahslarda faol ishtirok etib, g’olib bo’lgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.