Tabiiy fanlar va Chet tillar fakultetlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov va bo‘lim bosh mutaxassisi U.Shomirov tomonidan fakultetning professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va ishchi-xodimlariga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda mazkur illatga qarshi kurashishda barchaning birdek ma’sulligi, Prezidentimizning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida chikarilgan Qaror va Farmonlari, OTVning buyruqlari, hay’at yig’ilishi qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish olib borildi. Tadbir davomida korrupsiyaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy zararlari, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari va mexanizmlari, asosiy prinsiplari haqida so‘z bordi.