Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va texnologik ta’lim fakultetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – farovon hayot kafolati ” mavzu bo‘yicha insholar tanlovi o‘tkazilib, g’oliblar taqdirlandi. Talabalar tomonidan yozilgan insholarda, jamiyatda korrupsiya oddiy xalq vakillarining yuqori amaldorlarga yoxud davlat amaldorlarining o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqishi, ushbu salbiy holatning har qanday ko‘rinishi jamiyatni halokat yoqasiga olib borishi va korrupsiyaning tarixi antik davrlarga borib taqalishi to‘g’risida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.