Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Navoiy viloyati prokuraturasi, Adliya boshqarmasi, Siyosiy partiyalar masʼul xodimlari taklif qilindi hamda institut rahbariyati, fakultet dekanlari va dekan oʻrinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni institut rektori Bahodir Sobirov ochib berdi va institutda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtaldi. Tadbirda soʻz olganlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda prokuratura organlarining faoliyati, Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati, komplayens-nazorat tizimining samarali usullari hamda institutda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning samarasi boʻyicha maʼruzalar qilindi. Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etdi.