Talaba-yoshlarni korrupsiya boʻyicha fikrlarini oʻrganish, jinoyatga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida, Navoiy davlat pedagogika instituti «Korrupsiyaga qarshi kurashish» boʻlim boshligʻi A.Xoliqov tomonidan bugun, 23-fevral kuni «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida yoshlar fikri» mavzusida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari bilan soʻrovnoma oʻtkazildi. Shuningdek, fakultet professor-oʻqituvchilari bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Soʻrov institutda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi haqida hamda korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatga nisbatan munosabatni aniqlash maqsadida tashkil etildi.