loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiya – sifatli taʼlimning kushandasi

  Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan viloyat Prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi.

        

Soʻzga chiqqan xodimlar korrupsiyani oldini olish, shaffof taʼlim tizimini tashkil etish va ushbu sohada vujudga kelayotgan muammolar va ularning natijalari boʻyicha maʼlumot berib oʻtdilar. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar, korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish tizimi tushintirib oʻtildi. Shuningdek, korrupsiya jinoyatlari bilan bogʻliq maxsus rolik namoyish etildi. Uchrashuvda institut rahbariyati, dekan va dekan muovinlari, boʻlim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.