loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiya – jamiyat kushandasi

 Yurtimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar illatga qarshi keskin choralar ko‘rmoqda.

Joriy yil 12-yanvarda Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan ta’lim muassasasida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, talabalar va boshqa xodimlar bilan profilaktik targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yil shu davriga qadar 7860 nafar talaba ishtirokida 29 ta savoldan iborat anonim so‘rovnomalar, 16 ta savoldan iborat professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Mazkur so‘rovnomalarning natijalari tahlil qilinib, aniqlangan korrupsion holatlarga sababchi bo‘ladigan shart-sharoitlar o‘rganilmoqda, – deydi institut Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdujabbor Xoliqov. – Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida me’yoriy hujjatlar to‘plami ishlab chiqilib, barcha fakultetlar, kafedralar professor-o‘qituvchilari to‘liq tanishtirildi. Institut xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ogohligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish, tizimda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida huquqni himoya qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Bizning institutda korrupsiyaga o‘rin yo‘q”, “Korrupsiya ta’lim kushandasi”, “Barchamiz korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’ulmiz”, “Korrupsiyaga birgalikda kurashamiz” kabi mavzularda davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayonini oshkora va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida imtihonlarga muntazam ravishda jamoatchilik vakillari, ota-onalarni jalb qilish, imtihon natijalarini onlayn tarzda e’lon qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, institut rasmiy veb-saytiga joylashtirilmoqda.

Hech kimga sir emas, asosiy korrupsion xatti-harakatlardan biri xodimlarni ishga qabul qilishda sodir etiladi.

– Institutga talabgorlarni ishga qabul qilishda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘rganish natijalari yuzasidan xulosalar berish yo‘lga qo‘yilgan, – deydi Abdujabbor Xoliqov. Institut xodimlari, professor-o‘qituvchilarining mavjud vakant lavozimlarga hujjatlarni topshirish jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Institutning bo‘lim(boshqarma)lardagi vakant lavozimlariga ishga qabul qilishning shaffof tarzda tashkil etilishini ta’minlash maqsadida har oyda bo‘sh ish o’rinlari www.ish.mehnat.uz saytida e’lon qilib borilmoqda.

Oliygohda “Talaba-yoshlar klubi” tashkil etilgan bo‘lib, huquqiy savodxonligi yuqori, liderlik qobiliyatlarini namoyon etgan holda tengdoshlarini o‘z ortidan ergashtira oladigan talabalar korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul targ‘ibotchi etib belgilangan.

Shuningdek, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlarini amalga oshirish yuzasidan shaffoflikni ta’minlash maqsadida ma’lumotlar xarid.uzex.uz veb-sayti orqali monitoring qilib borilmoqda.

Uchrashuvlarda manfaatlar to‘qnashuvi, mahalliychilik, guruhbozlik, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ayniqsa, korrupsion holatlar, muammolar mavjud bo‘lsa, anonim yoki “Ishonch telefoni” orqali xabar berish zarurati haqida ta’kidlanadi.

Bu ham korrupsion holatlarning oldini olish uchun xizmat qiladi, albatta.