loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir

 Joriy yilning 31-mart kuni Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat filiali kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori M. Turdimov, NDPI “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti M. Raxmatovlar soʻzga chiqib, konstutsiyamizning yangi loyihasi, referendum tushunchasi, uning huquqiy asosi, yurtimizda o‘tkaziladigan ushbu siyosiy tadbirlarning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritdilar.

Shuningdek, mamlakatimizda so‘ngi yillarda olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda joriy yilning 30-aprel sanasida o‘tkaziladigan referendum haqida ma’lumotlar berildi.

Ma’limot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasidagi moddalar soni 128 ta boʻlgan boʻlsa, yangi Qomusda ularning soni 155 tani tashkil etib, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilmoqda.