loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Konstitutsiyamizning- davlatimiz siyosatidagi muhim o’rini

  O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o‘rnatilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasi yaratilish jarayonida qaysidir davlatdan ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olinmaganligini ham inobatga olish kerak. O‘zbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan. O‘zbekiston Konstitutsiya kuni milliy bayram bo‘lgani uchun dam olish kuni deb e’lon qilingan. Ushbu tantanali bayram O‘zbekiston bo‘ylab barcha o‘quv dargohlari, tashkilot, muassasalarda keng nishonlanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yilning 1 may kunidan kuchga kirdi. Yangi tahrirdagi konstitutsiya 30 aprel kuni bo’lib o’tgan referendum natijasiga ko’ra qabul qilindi. 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga jami 15 marta o’zgartirish kiritilgan. Yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 ta bo’lim, 27 ta bob va 155 ta moddadan iborat. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yurtimizning bosh qomusi- Konstitutsiyamizni o’rganishga hamda o’z huquq va burchlarini bilishga, qonun-qoidalarga rioya qilishga, uning davlatimiz siyosatida muhim o’rin tutishini anglashga va o’rganishga har bir fuqaro uchun suv va havodek zarur hisoblanadi.  NavDU “Fizika-texnologiya” fakultetida ham bayram tadbirlari tashkil etildi.  Tadbirlar davomida  turli bellashuvlar, intellektual  o‘yinlar o‘tkazilib, talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar va Vatanni madh etuvchi she’rlar  ijro etildi.