Navoiy davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan Navoiy viloyat maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Konimex tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida “Tarixingizni bilasizmi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda “Konimex tumani – Qizilqum mintaqasining dur-u javohirlar xazinasidir”, “Tarix — maʼnaviyat koʻzgusi”, “Konimex tumani tarixiga bir nazar”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” mavzularida Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan maʼruzalar qilindi. Fakultet talabalari tomonidan turli hil viktorinalar, sahna koʻrinishlari, kuy-qoʻshiq va raqslar namoyish etildi. Shuningdek, tadbir doirasida tumanning tarixiy obidalariga ziyorat uyushtirildi.