Xabaringiz bor, 2024-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi – Senat raisi Tanzila Narbayeva raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazilgan edi.
Mazkur majlis qaror talablarini yetkazish maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Unda milliy kengashning qaror talablari, oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilardan kafolat xatlari hamda ularning fikr-mulohazalarini o‘rganish uchun anonim so‘rovnoma olindi.