Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universiteti professori Beznosyuk Aleksandr Alekseyevich Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘ldi.
Xorijlik olim bilan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor D.Narzikulova hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha bo‘lim boshlig’i M.Sayidovalar uchrashib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Unga ko‘ra, talabalar, ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, diplom ishlari, kurs ishlari va dissertatsion tadqiqotlarni olib borish, ilmiy seminar, trening, anjuman, simpoziumlarda ishtirok etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati