Kitob − umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobdek qudratga ega vosita topilmas. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu odob sirlarini o’rganishga chorlab kelishgan. Darhaqiqat, kitob insonni erdan ko’kka ko’taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy-ma’rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko’rsatib berishga qodir mash’ala hisoblanadi. “Fizika-texnologiya” fakulteti guruxlarida yoshlarni kitobxonlikka yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida doimiy ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Kitob mutoala qilish nafaqat iroda va ma’naviy saviyani shakllantiradi, balki tilni ravon etib ajoyib nutq madaniyatini rivojlantiradi. Shuningdek, o‘z tilini yoki xorij tilini to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatadi. Shunday ekan, har birimiz kitob mutolaa qilishni yoshlarimiz bilan birga odat etib, rivojlanib kelayotgan zamonda tabiiy holda kitobdan tabiiy ravishda ta’lim va ma’naviy tarbiya olishimiz kerak…”-deydi NavDPI ARM direktori H.Artiqov. Haqiqatan ham, kitob o’qigan inson qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko’nikmasiga ega bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, kitobxonlik buyuk kelajak kafolatidir.