- JAVOB: Ha, ular imtihonlarsiz to’lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli Prezident qarori bilan OTMlarning kimyo va biologiya ta’lim yo’nalishlari bo’yicha imtiyozli diplomga ega bo’lgan bitiruvchilari mazkur OTMlarning magistratura mutaxassisligiga qo’shimcha imtihonlarsiz to’lov-kontrakt asosida qabul qilinishi belgilangan.
2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-sonli Prezident qarori bilan esa OTMlarning informatika va axborot texnologiyalari bilan bog’liq ta’lim yo’nalishlari bo’yicha imtiyozli diplomga ega bo’lgan bitiruvchilari mazkur OTMlarning magistraturasiga kirish imtihonlarisiz to’lov-kontrakt asosida qabul qilinadi, deyilgan.
Talabalardan shu bo’yicha savollar kelib tushayotganligi uchun, mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’limi vaziri Abduqodir Toshqulov bilan bog’landik va tegishli tushuntirish oldik.
Demak, ushbu imtiyozlar joriy yildan amalga kiritiladi. Tartibi quyidagicha bo’ladi:
- kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishini imtiyozli diplomga ega bo’lgan talabalar o’zlari tugatgan OTM magistraturasining tegishli mutaxassisligiga hujjat topshiradi;
- so’ngra ular belgilangan tartibda imtihonga kirishadi. Chunki yuqoridagi imtiyozlar faqat to’lov-kontrakt asosida o’qishga kirish imkoniyatini beradi xolos. Vaholanki, o’sha abiturient balki o’z kuchi bilan davlat grantiga ham kirishi mumkin. Shu sababli uni bunday imkoniyatdan mahrum qilish mantiqsizlik bo’ladi;
- abiturientning imtihon natijasiga qaraladi. Agar u davlat grantiga kirgan bo’lsa, unda davlat granti asosida o’qiydi va o’z-o’zidan Prezident qarorida belgilangan imtiyoz qo’llanmaydi. Agar u to’lov-kontraktga kirgan yoki umuman imtihondan yiqilgan bo’lsa ham, Davlat qabul komissiyasining qarori bilan u o’sha magistratura mutaxassisligiga to’lov-kontrakt asosida qabul qilinadi, ya’ni unga imtiyoz qo’llanadi.