Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlab, xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tubdan yaxshilashga zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlariga zarar yetkazuvchi omillar ham mavjudligini unutmasligimiz lozim.
Ma’lumki, kiberjinoyatchilikka qarshi yurtimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20 – oktyabrdagi «2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 841-qarori qabul qilindi. Unga muvofiq 2030-yilgacha noqonuniy pul oqimlarini keskin qisqartirish, o‘g‘irlangan aktivlarni izlab topish va qaytarish bo‘yicha ishlarni jonlantirish, uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga qarshi kurash olib borish va ekstremizm ko‘lamini jiddiy ravishda qisqartirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yildi. Hozir aynan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish borasida zarur choralar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Navoiy davlat pedagogika institutida Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida «Kiberjinoyatning salbiy oqibatlari — global muammo» mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Soha mutaxassislari tomonilan kiberjinoyatning asosiy tushunchalari, turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan kiber-jinoyatlar, onlayn o‘yinlar orqali sodir bo‘layotgan voqyealar to‘g‘rsida atroflicha tushuntirildi, kerakli ma’lumotlar berildi.