Navoiy viloyati IIB YHX boshqarmasi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish guruhi katta inspektori leytinant D.Isroilova Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalariga profilaktik davra suhbati olib bordi. Suhbatda avtomashinada yo‘l harakati xavfsizligiga amal qilish, piyodalarni yo’llarda harakatlanish tartibi, turli ko‘rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatlar keltirib chiqaradigan ayanchli oqibatlar tushuntirildi. Sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatga qarshi belgilangan tartibda jazoga tortishning huquqiy asoslari haqida ma’lumot berildi.